Jahon | 23:48 / 10.05.2026
1733
2 daqiqa o‘qiladi

Eron AQShning so‘nggi tinchlik taklifiga javob qaytardi

Eronning javob taklifi 14 banddan iborat bo‘lib, “urushni tugatish hamda Fors ko‘rfazi va Ho‘rmuz bo‘g‘ozida kemalar harakati xavfsizligini ta’minlash”ni nazarda tutadi.

Foto: Getty Images

Eron pokistonlik vositachilari orqali AQShga Vashingtonning nizoni muvofiqlashtirish bo‘yicha so‘nggi taklifiga javobini yubordi. Bu haqda IRNA va Tasnim agentliklari xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda muzokaralar asosan mintaqadagi harbiy harakatlarni to‘xtatish masalasiga qaratilgan.

Eronning javob taklifi 14 banddan iborat bo‘lib, “urushni tugatish hamda Fors ko‘rfazi va Ho‘rmuz bo‘g‘ozida kemalar harakati xavfsizligini ta’minlash”ni nazarda tutadi.

AQShning BMTdagi doimiy vakili Mayk Uols Vashington va Tehron o‘rtasidagi muzokaralar davom etayotganini tasdiqladi. Ammo uning aytishicha, “jarayon kutilganidan sekinroq kechmoqda”.

Pokistonning Rossiyadagi elchisi Faysal Niyoz Termiziyning fikricha, Vashington va Tehron o‘rtasidagi muzokaralardagi muhim o‘zgarish AQSh prezidenti Donald Trampning 14–15 may kunlari Xitoyga safari oldidan yuz berishi mumkin.

“Hozirgi jarayon katta umid bag‘ishlamoqda va bu tez orada yuz beradi”, dedi u.

8 apreldan buyon Eron va AQSh o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish tartibi amal qilmoqda. Shu davr ichida tomonlar yakuniy tinchlik kelishuviga erishishi kerak. Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, Eron hukumati yadroviy qurolga ega bo‘lishdan voz kechishga rozilik bildirgan.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid