Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gaz to‘ldirish shoxobchalarida propan narxi qimmatlashdi
Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi yonilg‘i quyish shoxobchalarida propan bahosi 1 kub metr uchun 5700-6000 so‘mdan 6400-7000 so‘mgacha ko‘tarildi. Birjada ham narxlar osha boshlagan. Xususan, 4-7 may kunlari propanning o‘rtacha narxi tonnasiga 7 mln 244 ming so‘mdan 7 mln 707 ming so‘mgacha yoki 6,4 foizga qimmatlashdi.
Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi yonilg‘i quyish shoxobchalarida propan narxi sezilarli darajada qimmatlashdi. Xususan, o‘tgan hafta boshida suyultirilgan gazning 1 kub metri 5700-6000 so‘m atrofida sotib kelingan bo‘lsa, hafta oxirlarida narxlar 6400 so‘mdan 7000 so‘mgacha ko‘tarilgan.
«Andijonda «zapravka»ga qarab propan narxi 5700 so‘mdan boshlanardi. O‘tgan hafta chorshanba kunidan boshlab birdan 6700 so‘mga oshirilib qo‘yilibdi. Hamma «zapravka»da narx birdan ko‘tarildi», deydi Kun.uz bilan suhbatlashgan andijonlik haydovchi.

Oxirgi savdo sessiyalarida birjada ham narxlar ko‘tarila boshlagan. Xususan, 4 may kungi savdolarda propanning 1 tonnasi 7 mln 244 ming so‘mdan sotilgan bo‘lsa, bu 7 mayga kelib 7 mln 707 ming so‘mgacha yoki 6,4 foizga oshgan. Birjadagi narxlarning chakana narxlarga qanchalik darajada ta’sir qilayotgani noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, 12 yanvardan boshlab Raqobat qo‘mitasining tegishli ko‘rsatmasi bilan Respublika tovar xomashyo birjasida suyultirilgan gaz narxining boshlang‘ich narxga nisbatan oshish chegarasi 20 foizdan 10 foizgacha pasaytirilgandi.
Mavzuga oid
09:05 / 25.04.2026
Fransiya okean ustida eng qimmat yo‘lni qurmoqda
21:34 / 06.04.2026
Mart oyidagi inflatsiya: qaysi mahsulot qanchaga qimmatlashdi?
21:50 / 24.03.2026
Oltin keskin arzonlashdi. Sabab nima?
18:22 / 21.03.2026