Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Ipak qurti boqishning gashti bor” – farg‘onalik pillachi
Ipak qurti boqish oson ish emas. Tong sahardan dalaga tut novdasini kesib olib kelish uchun borish kerak. Kezi kelganda esa yashaydigan uyingizni qurtlarga bo‘shatib, o‘zingiz tashqarida uxlashingizga to‘g‘ri keladi. Farg‘ona tumanida yashovchi Dovurbek Sirojiddinovning aytishicha, pilla terishning gashti boshqacha.
Oila tebratish uchun Rossiyaga borib mehnat qilgan Dovurbek hozir qishlog‘iga qaytib kelib, ipak qurti olib parvarish qilyapti.
“Yaxshi niyatda to‘rt “korobka” qurt olganmiz. Ularga mehr berib boqyapmiz, hademay pilla o‘rashga tushadi.
Qurtlarni och qoldirmaslik uchun dalalarda mehnat qilib, tut bargini kesib mashinaga yuklab uyga olib boramiz. Bu yumushlarning o‘ziga yarasha gashti bor, albatta. Dala hayoti mazza! Toza havo, atrofda qurbaqalar qurillagan...

Barglarni kesib qurtlarga berasiz, ularning shitir-shitir qilib ovoz chiqarib yeyishini ko‘rib bir maza qilasiz, miyalaringiz dam oladi. Charchoqlaringiz ham chiqib ketadi.

Qurtlar o‘z farzandingizdek bo‘lib qolar ekan. Pillalarimizni eson-omon topshirib olsak yuzimiz yorug‘ bo‘ladi. Xudo xohlasa, mana oz qoldi... Avvalari ipak qurtini ota-bobolarimiz boqardi. Ulardan o‘rganib bu yumushni davom ettiryapmiz.


Tut daraxtining o‘tini ham uyimizga kiryapti”, — deydi Dovurbek Sirojiddinov.
Mavzuga oid
11:47 / 11.03.2026
Pillachilik klasterlari mol-mulk va yer solig‘idan ozod etiladi
12:37 / 07.03.2026
Farg‘ona tumani soliqchisi 20 ming dollar bilan ushlandi
17:54 / 17.02.2026
Kam daromadli oilalar pillachilikka jalb etiladi va qo‘llab-quvvatlanadi
13:39 / 30.01.2026