Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Belgorod va Bryansk rahbarlarini lavozimdan oldi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 13 may kuni Belgorod va Bryansk viloyatlari gubernatorlari - Vyacheslav Gladkov hamda Aleksandr Bogomazning iste’fosini qabul qildi. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, ular lavozimini “o‘z xohishiga ko‘ra” tark etgan.
Foto: iStock
Belgorod viloyati rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib Aleksandr Shuvayev tayinlandi. U Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etgan va 2025 yil iyunida urush qatnashchilaridan yangi boshqaruv kadrlarini tayyorlashga qaratilgan “Vremya geroyev” davlat dasturi ishtirokchisi bo‘lgan. Shu yil yanvar oyida esa Irkutsk viloyati gubernatori o‘rinbosari lavozimiga kelgan.
Bryansk viloyati rahbari vazifasini vaqtincha bajarish Yegor Kovalchukka topshirildi. U Rossiya prezidenti huzuridagi davlat xizmati akademiyasining (“gubernatorlar maktabi” deb ataladi) bitiruvchisi hisoblanadi. Kovalchuk 2019–2022 yillarda Chelyabinsk viloyati gubernatori o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 2024 yilda esa Rossiya bosib olgan Ukraina hududida tashkil etilgan o‘zini “Luxansk xalq respublikasi” deb atayotgan tuzilmaning “hukumat rahbari” etib tayinlangan.
Rossiya OAV ma’lumotlariga ko‘ra, lavozimidan ketgan Vyacheslav Gladkov iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari yoki qisman tan olingan Abxaziyada Rossiya elchisi bo‘lishi mumkin. Aleksandr Bogomaz esa “Yedinaya Rossiya” partiyasidan Davlat dumasi deputati bo‘lishi ehtimoli aytilmoqda.
Belgorod va Bryansk viloyatlari Rossiyaning Ukrainaga qarshi to‘liq masshtabli urushi davomida bir necha bor hujumlarga uchragan.
Belgorod viloyatida 2026 yil yanvar va fevral oylaridagi zarbalar ortidan yirik elektr uzilishlari kuzatilgan. Mart oyida esa shahar kuchli raketa hujumiga duch kelgan. Gladkov ma’lumotiga ko‘ra, urush boshlanganidan beri viloyatda 320 kishi halok bo‘lgan, 2,5 ming kishi yaralangan.
Bryansk viloyati ham bir necha bor dron hujumlariga uchragan. Xususan, 2024 yil dekabrida dron zarbasi oqibatida neft quvuriga tegishli obektda yong‘in chiqqan. ASTRA Telegram-kanali bu “Drujba” neft quvurining quyish punkti bo‘lganini xabar qilgan.
2024 yil dekabrida Putin Ukraina bilan chegaradosh yana bir hudud — Kursk viloyati rahbarini ham almashtirgan edi. Aleksey Smirnov o‘rniga Aleksandr Xinshteyn tayinlangan. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Kreml Ukraina Qurolli kuchlarining hujumi vaqtida Smirnovning harakatlaridan norozi bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:07 / 13.05.2026
Donbass masalasi bo‘yicha Trampning bayonoti e’lon qilindi
22:53 / 11.05.2026
Putin ilk marotaba urush to‘xtashi mumkinligiga ishora qildi – CNN
09:11 / 11.05.2026
Putin Shryoderni muzokarachi sifatida taklif qildi
14:17 / 10.05.2026