Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda 11-qavatdan qulagan bola tirik qoldi
Shifokorlar dastlab bolaning tirik qolish ehtimolini besh foiz deb baholashgan - unda ko‘plab suyak sinishlari, jigar, taloq, o‘pka va buyrak shikastlanishi aniqlangan. Biroq keyinchalik uning ahvoli yaxshilana boshlagan.
Foto: SCMP composite/Shutterstock/Douyin
Xitoyning Dalyan shahrida to‘rt yoshli bola 11-qavatdan qulab tushib tirik qoldi. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Syaomin ismli bolaning ota-onasi eshikni qulflab, bolani videoenaga bilan qoldirib ishlariga ketishgan.
Bola yolg‘izlikdan zerikib, deraza to‘rining kalitini topgan, uni ochgan va deraza tokchasiga chiqqan. Bolakay muvozanatni saqlay olmay, pastga qulab tushgan.
Hodisadan ikki soat o‘tib uyga qaytgan ota deraza ochiqligini ko‘rib hovliga tushgan va qonga belanib yotgan o‘g‘lini zudlik bilan shifoxonaga olib borgan.
Shifokorlar dastlab bolaning tirik qolish ehtimolini besh foiz deb baholashgan — unda ko‘plab suyak sinishlari, jigar, taloq, o‘pka va buyrak shikastlanishi aniqlangan. Biroq keyinchalik uning ahvoli yaxshilana boshlagan.
U 18 kun reanimatsiyada yotgach, oddiy palataga o‘tkazilgan. Hozirda Syaominning ahvoli ancha yaxshilangan.
Nashrning yozishicha, o‘tgan yili Xitoy shimolidagi Xebey viloyatida to‘qqiz yoshli qiz 25-qavatdan yiqilib, 18 qavat pastdagi platformaga tushganidan keyin tirik qolgan.
Mavzuga oid
19:00 / 17.05.2026
Tramp Sini «do‘stim» dedi, ammo Xitoydan «quruq qo‘l» bilan qaytdi
10:49 / 17.05.2026
Tramp ortidan Putin ham Xitoyga tashrif buyuradi
08:29 / 15.05.2026
Tramp: Pekin Eronga qurol yetkazmaslikka va’da berdi
22:10 / 14.05.2026