Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abu-Dabidagi AES yaqinida dron hujumidan so‘ng yong‘in kelib chiqdi
Abu-Dabi (BAA)dagi «Baraka» atom elektr stansiyasi yaqinida dron zarbasi sababli yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Abu-Dabi OAV ishlari boshqarmasi xabar qildi.
Abu Dhabi - A fire broke out outside the Barakah Nuclear Power Plant in Al Dhafra area of Abu Dhabi following a drone attack, UAE officials confirmed.The Abu Dhabi Media Office stated that the fire occurred in an electricity generator located outside the nuclear facility. pic.twitter.com/gWsOlDmxl8
— NextMinute News (@nextminutenews7) May 17, 2026
«Yakshanba kuni dron zarbasi Abu-Dabidagi “Baraka” atom elektr stansiyasi yaqinida yong‘in keltirib chiqardi. Hodisa radiatsiya xavfsizligi yoki obektning asosiy faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmadi», — deyiladi bayonotda.
Bayonotda aytilishicha, yong‘in AESning ichki xavfsizlik perimetridan tashqarisida Al-Dafra hududidagi elektr generatorida kelib chiqqan.
Jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan.
«Baraka» AES — arab dunyosidagi birinchi va mamlakatdagi yagona atom elektr stansiyasi hisoblanadi. U BAA elektr energiyasining taxminan 25 foizini ta’minlaydi va Fors ko‘rfazidagi eng strategik muhim energetika obektlaridan biri sanaladi.
Mavzuga oid
11:34 / 04.04.2026
Abu-Dabida portlash: strategik gaz obekti nishonga olindi
13:07 / 03.03.2026
Zelenskiy: Rossiya va AQSh bilan uchrashuv boshqa joyga ko‘chirilishi mumkin
23:52 / 28.02.2026
Dubayda nimalar bo‘lmoqda?
12:25 / 06.02.2026