4-5 fevral kunlari Birlaşgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi şahrida Rossiya, Ukraina va AQŞ delegatsiyalari iştirokida uç tomonlama muzokaralarning ikkinçi bosqiçi bölib ötdi.
Uç davlat delegatsiyalari yopiq formatda uçraşdi. BAAda AQŞ tomonidan AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff, Donald Trampning kuyovi Jared Kuşner va AQŞ armiyasi vaziri Deniyel Driskoll iştirok etdi. Ukraina delegatsiyasiga MXMK kotibi Rustem Umerov rahbarlik qildi. Rossiya tomonidan esa delegatsiyaga RF qurolli kuçlari boş ştabi boş boşqarmasi rahbari, admiral Igor Kostyukov boşçilik qildi.
Quyida uşbu muzokaralar yakunlari böyiça tomonlar bergan bayonotlarning qisqaça mazmuni keltiriladi.
AQŞ
Prezidentning maxsus vakili Stiv Uitkoff
Delegatsiyalar oçiq qolayotgan masalalarni muhokam qildi. Ular orasida – otaşkesim va harbiy harakatlar töxtatilişini monitoring qilişga imkon beruvçi metodlar ham bor. Mustahkam tinçlik uçun şart-şaroit yaratiş haqida gaplaşildi. Muzokaralar yaqin haftalarda davom ettiriladi. Rossiya va Ukraina beş oy içidagi ilk harbiy asirlar almaşuvini ötkaziş böyiça kelişib oldi – 157 ga 157 formatida. AQŞ Rossiya harbiylari bilan uzilib qolgan yuqori darajadagi aloqalarni tiklaşga kelişib oldi.
Ukraina
Prezident Volodimir Zelenskiy
Ukraina muzokaraçilar guruhi ikki kun davomida AQŞ va Rossiya bilan muzokaralar olib bordi. Töliq hisobotni kutyapman, telefonda köp narsani muhokama qilib bölmaydi. Yaqin kunlarda navbatdagi uçraşuvlar rejalaştirilgan – bu Amerikada bölib ötişi mumkin. Biz çinakam tinçlikka yaqinlaştiradigan va uni işonçli, uzoq muddatli qiladigan hamda Rossiyada uruşni davom ettirişga rağbat qoldirmaydigan barça formatlarga tayyormiz. Muhimi, uruş şunday tugaşi kerakki, Rossiya tajovuzi uçun taqdirlanmasin. Bu haqiqiy xavfsizlikni ta’minlovçi asosiy tamoyildir.
Rossiya (rasmiy)
RF prezidenti maxsus vakili Kirill Dmitriyev
Yevropadagi, Buyuk Britaniyadagi uruş qözğatuvçilar doimo muzokaralar jarayoniga xalaqit berişga, unga suqilib kirişga harakat qilişadi. Bunday urinişlar qançalik köp bölsa, biz şunçalik köp taraqqiyot borligini va yaxşi, ijobiy harakat davom etayotganini köramiz. Iqtisodiy yönalişda Rossiya va AQŞ örtasidagi munosabatlarni tiklaş böyiça faol işlar olib borilmoqda.
Rossiya (norasmiy)
TASS davlat agentligi va uning manbalari
Iqtisodiy jihatlar, hududiy masala, öt oçişni töxtatiş mexanizmi muhokama qilindi. Barça davlatlar Donbassni Rossiyaniki deb e’lon qilişi kerak – Rossiya bunga asosiy kelişuvning bir qismi deb qaraydi. Tinçlikparvar kuçlar bölişi hammani ham qoniqtirmaydi, şundan kelib çiqib, Ukraina uçun xavfsizlik kafolati – köp millatli kuçlarning tezkor reaksiyasi bölişi mumkin. Yevropa bir neça bor qöşilişga harakat qildi – bugun ular muzokaralar stolida yöq.













