Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Butunjahon urbanizatsiya forumi ochilishida ishtirok etdi
Shavkat Mirziyoyev Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasi ochilish marosimida ishtirok etdi. Boku shahrida o‘tayotgan anjumanda davlat va hukumat rahbarlari, xalqaro tashkilotlar hamda rivojlanish institutlari vakillari jam bo‘ldi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Forum BMTning Aholi punktlari bo‘yicha dasturi shafeligida tashkil etilgan bo‘lib, bu yilgi yig‘in “Barcha uchun uy-joy: xavfsiz va barqaror shaharlar hamda hamjamiyatlar” mavzusiga bag‘ishlandi.

Boku shahri Kongress-markazida O‘zbekiston rahbarini Ilhom Aliyev hamda BMTning Aholi punktlari bo‘yicha dasturi ijrochi direktori Anaklaudiya Rossbax kutib oldi. Marosim doirasida ishtirokchilarning birgalikda suratga tushish tadbiri ham bo‘lib o‘tdi.

Forum kun tartibidan shaharlarni barqaror rivojlantirish, aholini zamonaviy va hamyonbop uy-joy bilan ta’minlash, shahar muhiti sifatini oshirish, iqlim barqarorligini mustahkamlash, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish kabi masalalar o‘rin olgan.

Tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev forumning Yetakchilar sammitida nutq so‘zlashi kutilmoqda.
Mavzuga oid
20:25 / 17.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjonga jo‘nab ketdi
13:37 / 17.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi
12:06 / 17.05.2026
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ozarboyjonga boradi
21:51 / 15.05.2026