Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent - Guanchjou reysi chaqmoq urishi sababli kechikdi
Centrum Air aviakompaniyasi 16 may kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan Toshkent - Guanchjou - Toshkent yo‘nalishidagi C6511D/C6512D reyslari havo kemasini chaqmoq urgani sabab kechiktirilganini ma’lum qildi. Aviakompaniyaga ko‘ra, hodisadan so‘ng samolyot zudlik bilan texnik ko‘rikka olingan va xavfsizlik talablaridan kelib chiqib, boshqa havo kemasi jalb qilingan.
Rasmiy bayonotda ta’kidlanishicha, havo kemasi oldingi reys vaqtida chaqmoq ta’siriga uchragan. Amaldagi aviatsiya standartlariga muvofiq, samolyot to‘liq diagnostika va texnik tekshiruvdan o‘tkazish uchun parvozlardan chetlashtirilgan.
Tekshiruv yakunlaridan so‘ng aviakompaniya mazkur yo‘nalish uchun boshqa havo kemasini ajratishga qaror qilgan.
Majburiy kutish davrida barcha yo‘lovchilar mehmonxonaga joylashtirilib, uch mahal ovqat bilan ta’minlangani aytildi.
Yangilangan jadvalga ko‘ra, C6512D reysi 18 may kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:25 da Guanchjoudan uchib, 19 may kuni 00:50 da Toshkentga yetib kelishi rejalashtirilgan.
Centrum Air yuzaga kelgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘rab, xavfsizlik har doim aviakompaniya uchun eng ustuvor masala bo‘lib qolishini bildirgan.
Mavzuga oid
08:51 / 17.03.2026
Uralsk – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yangi to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi
11:13 / 16.03.2026
Havo hududi qisman yopildi: Toshkent–Dubay reyslari ortga qaytmoqda
09:42 / 04.03.2026
Centrum Air Dubay–Toshkent yo‘nalishida repatriatsiya reysini amalga oshiradi
22:12 / 02.03.2026