Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SpaceX IPOʻsi tarixiy rekord o‘rnatishi mumkin
Ilon Maskka tegishli SpaceX kompaniyasi aksiyalarni ommaviy joylashtirish (IPO) uchun ariza topshirdi. Kompaniya ushbu jarayon orqali 75 milliard dollargacha mablag‘ jalb qilishi mumkin bo‘lib, bu jahon tarixidagi eng yirik IPO sifatida qayd etilishi ehtimol qilinmoqda.
SpaceX 20 may kuni AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasiga (SEC) rasmiy ariza taqdim etdi. Kutilishicha, kompaniya aksiyalari Nasdaq birjasida SPCX tikeri ostida joylashtiriladi va savdolar iyun oyida boshlanishi mumkin.
Hujjatlarga ko‘ra, IPO o‘tkazilganidan keyin ham Ilon Mask kompaniyaning bosh direktori, texnik direktori va direktorlar kengashi raisi lavozimlarida qoladi.
SpaceX o‘zining 24 yillik tarixida birinchi marta moliyaviy natijalarini ham oshkor qildi. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yilda uning tushumi 18,7 milliard dollarga yetgan. Shu bilan birga, 2,6 milliard dollar miqdorida operatsion zarar qayd etilgan.
AFP agentligining yozishicha, bu asosan yangi avlod raketalarini ishlab chiqish va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishga katta mablag‘ yo‘naltirilgani bilan izohlanmoqda.
Reuters ma’lumotiga ko‘ra, SpaceX yaqin kelajakda aksiyadorlarga dividend to‘lashni rejalashtirmayapti.
SpaceX kompaniyasi 2002 yilda tashkil etilgan. Kompaniya qayta foydalaniladigan raketalar va dunyo bo‘ylab internet xizmatini ta’minlovchi taxminan 10 mingta sun’iy yo‘ldoshdan iborat Starlink tarmog‘i orqali aerokosmik sohada inqilob qilgani ta’kidlanmoqda.
Ilon Maskning asosiy maqsadlaridan biri Marsda doimiy inson koloniyasini tashkil etish hisoblanadi.
Mavzuga oid
18:28 / 24.06.2026
SpaceX aksiyalari arzonladi, Ilon Mask trillioner maqomini yo‘qotdi
17:36 / 15.06.2026
Uzbekistan Airways aksiyalarining 20 foizi yil yakunigacha xalqaro IPO orqali sotiladi
21:42 / 12.06.2026
Ilon Mask - insoniyat tarixidagi birinchi trillioner
16:26 / 12.06.2026