Yiğilişda qayd qilinişiça, ötgan oyda Milliy investitsiya jamğarmasi ilk bor xalqaro bozorda 690 million dollarlik aktivlarni joylaştirdi. Endi jamğarma portfelidagi 13 ta yirik kompaniyada transformatsiya jarayonlarini tezlaştirib, ularni IPO jarayoniga tayyorlaş vazifasi turibdi. Jumladan, “Uzbekistan Airways”, “Özsanoatqurilişbank”, “Özbekgidroenergo”, “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” va “Özbektelekom” böyiça işlar şu yilning özida yakunlanişi maqsad qilingan.
Taqdimotda “Uzbekistan Airways” AJ misolida mazkur jarayonlarni taşkil etiş masalalari körib çiqildi.

Milliy investitsiya jamğarmasi boşqaruviga taklif qilingan “Franklin Templeton” kompaniyasi vakillari tomonidan milliy aviakompaniyaning faoliyati diagnostikadan ötkazilib, 115 ta çora-tadbirdan iborat transformatsiya dasturi işlab çiqilgan. Uşbu dastur töliq amalga oşirilsa, kompaniyaning operatsion daromadlarini bir yilda 120 million dollarga oşiriş imkoni borligi hisob-kitob qilingan.
Jumladan, marşrutlarni optimallaştiriş, sotuvlarni oşiriş va mijozlar bilan işlaş tizimini takomillaştiriş, parvozlar orasidagi vaqtni qisqartiriş, reyslarni bekor qiliş holatlari va keçikişlarni kamaytiriş, keytering va texnik xizmat körsatiş kabi tizim korxonalari samaradorligini oşiriş, bozordagi vaziyatga tezkor moslaşiş va malakali mutaxassislarni jalb qiliş hisobidan qöşimça daromad oliş mumkinligi qayd etildi.

Bu çoralar natijasida aviakompaniyaning bozor qiymatini 1,6 milliard dollardan 2,3 milliard dollargaça oşiriş imkoni mavjud. Şu bilan birga, dastur işlab çiqilganiga bir neça oy bölganiga qaramay, uni amalga oşiriş işlari sust borayotgani körsatib ötildi.
Davlat rahbari kompaniyani xalqaro kapital bozoriga tayyorlaş uçun, avvalo, boşqaruv sifatini tubdan oşiriş, moliyaviy intizomni mustahkamlaş, hisobotlarni xalqaro standartlar asosida yuritiş va kredit reytingini yaxşilaş zarurligini ta’kidladi.
Yil yakunigaça milliy aviakompaniyaning 15-20 foiz aksiyasini xalqaro IPO orqali sotiş maqsad qilingan. Buning uçun kompaniya faoliyatini xolis baholaş, uning investitsion jozibadorligini oşiriş, maxsus havo kemalarini kompaniya balansidan çiqariş, davlat buyurtmasi asosida bajarilgan xizmatlarni qoplaş mexanizmini joriy etiş böyiça amaliy çoralar körilişi belgilandi.












