Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 13:44 / 24.05.2026
3783
1 daqiqa o‘qiladi
Saida Mirziyoyeva Hindistonda Rubio bilan uchrashdi
Uchrashuvda amerikalik hamkorlar bilan savdo aloqalarini kengaytirish va yangi investitsiyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilingan.
Manba: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 23 may kuni Hindistonning Nyu Dehli shahrida AQSh davlat kotibi Marko Rubio bilan muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuvda Donald Trampning Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor ham ishtirok etgan.
«AQSh davlat kotibi Marko Rubioning Hindistonga tashrifi munosabati bilan Nyu Dehli shahrida uyushtirilgan qabul marosimida qatnashdim.
Amerikalik hamkorlarimiz bilan savdo aloqalarini kengaytirish va yangi investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha jonli hamda mazmunli muloqotimizni davom ettirish imkoniyatidan mamnunman», – deyiladi PA rahbarining telegram-kanalidagi xabarda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
23:15 / 14.07.2026
AQSh Davlat kotibi Haaga tribunalini tugatishga va’da berdi
23:22 / 10.07.2026
«Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi
17:38 / 10.07.2026
Og‘ir vaziyatga tushgan ayollar davlat ularning qismatiga befarq emasligini his qilishi kerak - Saida Mirziyoyeva
21:45 / 09.07.2026