Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdan hududlarga qo‘shimcha avia va avtobus reyslari yo‘lga qo‘yildi
Qurbon hayiti munosabati bilan Toshkentdan hududlarga 28 ta qo‘shimcha aviareys va 55 ta avtobus reyslari amalga oshiriladi. Aviareyslar Buxoro, Termiz, Urganch va Nukusga borish-qaytish yo‘nalishida tashkil etilgan.
Qurbon hayiti munosabati bilan Toshkentdan hududlarga qo‘shimcha mahalliy aviaqatnovlar qo‘yiladi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 25–31 may kunlari Uzbekistan Airways, Silk Avia va Centrum Air aviakompaniyalari tomonidan Toshkentdan Buxoro, Termiz, Urganch va Nukusga borish-qaytish yo‘nalishida jami 28 ta qo‘shimcha aviareys amalga oshiriladi.
Vazirlikka ko‘ra, qo‘shimcha qatnovlar orqali 8988 nafar yo‘lovchini o‘z manziliga yetkazish rejalashtirilgan.
Hozirda amaldagi jadval asosida Toshkent-Buxoro yo‘nalishida haftasiga 23 ta, Toshkent-Termiz yo‘nalishida 23 ta, Toshkent-Urganch yo‘nalishida 35 ta hamda Toshkent-Nukus yo‘nalishida 16 ta reys bajarilmoqda. Umumiy qatnovlar soni haftasiga 97 tani tashkil etadi.
Shuningdek, YHXX axborot xizmatiga ko‘ra, Toshkentdan Sirdaryo orqali voha viloyatlariga qatnovchi avtobus yo‘nalishlariga qo‘shimcha yana 55 ta reys yo‘lga qo‘yilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda Qurbon hayiti 27 may kuni nishonlanadi.
Mavzuga oid
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026