Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 4:00 dan harakatlanadi
Yo‘llarda tirbandliklarning oldini olish maqsadida fuqarolarga Qurbon hayiti namoziga borishda jamoat transportidan foydalanish tavsiya qilinadi.
27 may, chorshanba kuni Qurbon hayiti munosabati bilan fuqarolarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahridagi avtobus yo‘nalishlari va metropoliten soat 4:00 dan harakatlanadi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Yo‘llarda tirbandliklarning oldini olish, harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida fuqarolarga Qurbon hayiti namoziga borishda jamoat transporti xizmatidan foydalanish tavsiya qilinadi.
Avvalroq, Qurbon hayiti munosabati bilan Toshkentdan hududlarga qo‘shimcha mahalliy aviaqatnovlar qo‘yilishi haqida xabar berilgan edi. 25–31 may kunlari Uzbekistan Airways, Silk Avia va Centrum Air aviakompaniyalari tomonidan Toshkentdan Buxoro, Termiz, Urganch va Nukusga jami 28 ta qo‘shimcha aviareys amalga oshiriladi. Ular orqali 9 mingga yaqin yo‘lovchini manzilga yetkazish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026