Jahon | 21:15 / 26.05.2026
554
1 daqiqa o‘qiladi

Eronda internet qisman tiklandi

Internet cheklovi AQSh va Isroil zarbalaridan keyin joriy etilgan edi. U 88 kun davom etdi - bu tarixdagi eng uzoq uzilish.

Foto : Morteza Nikoubazl / NurPhoto Picture Alliance

Eron aholisining bir qismi internetga ega bo‘ldi, deb xabar berdi NetBlocks monitoring tashkiloti.

«Real vaqt ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, Eronda xalqaro tarmoqlardan deyarli to‘liq izolyatsiya qilingan 2093 soat, 88 kundan so‘ng, internetga kirish qisman tiklangan», deyiladi NetBlocks bayonotida.

Tashkilotning ta’kidlashicha, bu yangi tarixdagi eng uzoq davom etgan umummilliy internet uzilishidir.

Eronda internet 28 fevral kuni, AQSh va Isroil zarbalari boshlanganidan keyin o‘chirildi.

26 may kuni Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon internetga kirishni qayta tiklash to‘g‘risida buyruq berdi.

Eronda internetning tiklanishi barqaror bo‘ladimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum, deb ta’kidladi NetBlocks.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid