Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bryusselda o‘zbekistonlik fuqaroning hayoti saqlab qolindi
Belgiya shifokorlari va O‘zbekiston diplomatlarining hamkorlikdagi sa’y-harakatlari tufayli og‘ir ahvolga tushgan o‘zbekistonlik fuqaro muvaffaqiyatli davolanib, vatanga qaytarildi.
Foto: dunyo.info
Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi V.A. Niderlandiyada qurilish sohasida mehnat faoliyatini olib borayotgan vaqtda sog‘lig‘ida jiddiy muammolar yuzaga kelgan. Ma’lum qilinishicha, o‘tkir tish infeksiyasi paytida o‘z vaqtida malakali tibbiy yordamga murojaat qilinmagani oqibatida og‘ir yallig‘lanish jarayoni kelib chiqqan.
Fuqaro Bryussel shahri orqali O‘zbekistonga qaytish vaqtida ahvoli keskin yomonlashgan va zudlik bilan Sent-Lyuk universitet klinikasiga yotqizilgan. Shifokorlar bemor ahvolini kritik deb baholagan.
Klinika mutaxassislari tomonidan ikkita murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Uzoq vaqt davomida bemor sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangan holda jonlantirish bo‘limida davolangan.
Fuqaro shifoxonaga yotqizilgan ilk kunlardan boshlab O‘zbekiston elchixonasi xodimlari bemorning qarindoshlari, shifokorlar va klinika ma’muriyati bilan doimiy aloqada bo‘lgan. Elchixona tomonidan zarur konsullik va tashkiliy yordamlar ko‘rsatilib, uning davolanishi hamda keyinchalik Vatanga qaytishi to‘liq nazorat qilingan.
Belgiya shifokorlarining yuqori malakasi, tezkor tibbiy yordam va o‘zbek diplomatlarining amaliy ko‘magi tufayli fuqaroning hayoti saqlab qolindi.
Hozirda V.A. O‘zbekistonda bo‘lib, oilasi bag‘rida sog‘lig‘ini tiklash va davolanishni davom ettirmoqda.
Mavzuga oid
09:07 / 14.05.2026
Rossiyada qurilishda baxtsiz hodisa: o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
10:44 / 23.04.2026
Koreyada vafot etgan o‘zbekistonlik qiz haqida rasmiy bayonot berildi
15:31 / 27.01.2026
Qo‘shnilar birinchi o‘rinda: O‘zbekistonga davolanish uchun kelganlar soni 86 mingga yetdi
14:18 / 13.12.2025