Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston Eronning uran zaxiralarini qabul qilishni taklif qildi
Qozog‘istonning Ust-Kamenogorsk shahrida MAGATE nazoratidagi past boyitilgan uran banki joylashgan. Ushbu zaxira agentlikka a’zo davlatlar uchun favqulodda holatlarda foydalanish maqsadida tashkil etilgan. Aynan mazkur infratuzilma Eron uranini xavfsiz saqlash uchun mos joy bo‘lishi mumkin.
Foto: AP
Eronning Natanz, Fordo va Isfahon yadroviy obektlari hududida 60 foizgacha boyitilgan 440 kg uran bo‘lishi mumkin. Qozog‘iston mazkur uran zaxiralarini qabul qilish bo‘yicha taklif bilan chiqqan. Bu haqda MAGATE rahbari Rafael Grossi Financial Times gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Qozog‘istonning Ust-Kamenogorsk shahrida MAGATE nazoratidagi past boyitilgan uran banki joylashgan. Ushbu zaxira agentlikka a’zo davlatlar uchun favqulodda holatlarda foydalanish maqsadida tashkil etilgan.
Grossining fikricha, aynan shu infratuzilma Eron uranini xavfsiz saqlash uchun mos joy bo‘lishi mumkin. U bunday variant AQSh va Eron uchun ham maqbul bo‘lishi mumkinligini alohida ta’kidlab o‘tdi. MAGATE rahbari o‘tgan hafta Qozog‘iston rahbariyati bilan bo‘lgan uchrashuvida bu masala muhokama qilinganini ham ta’kidlab o‘tdi.
Mavzuga oid
21:07 / 29.05.2026
Tramp Eronning boyitilgan urani yo‘q qilinishini aytdi
20:25 / 29.05.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha «yo‘l xaritasi» imzolandi
18:59 / 29.05.2026
AQSh va Eron kelishuvga yaqin. Vositachilar muhokama qilayotgan 5 muhim masala tafsilotlari
14:54 / 29.05.2026