Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chirchiqda zamonaviy polimer materiallar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi
Chirchiq kimyo-industrial texnoparkida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega polimer materiallar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi korxona faoliyat yuritmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev NovoPlast TPE korxonasida bo‘lib, bu yerdagi ishlab chiqarish jarayonlari va innovatsion ishlanmalar bilan tanishdi.
Rossiyaning VR Plast kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan loyihaning umumiy qiymati 5,4 million dollarni tashkil etadi. Korxonada termoplastik elastomer granulalar, eshik va romlar uchun zichlagichlar, texnik va oziq-ovqat sanoati uchun shlanglar hamda qurilish va elektrotexnika tarmoqlari uchun turli polimer mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Zamonaviy laboratoriya va tadqiqot markaziga ega korxonada Osiyo va Yevropa bozorlari talablariga mos yangi mahsulot turlari ishlab chiqilmoqda. Shuningdek, barcha mahsulotlar xalqaro standartlar asosida sinovdan o‘tkaziladi.

Loyiha doirasida 58 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. 2025 yil yakunlariga ko‘ra, korxonada 103 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan va 5 million dollarlik mahsulot eksport qilingan.

Shu bilan birga, korxona o‘tgan yili 8,5 million dollarlik import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarib, mahalliylashtirish jarayonlariga munosib hissa qo‘shdi. Kelgusida mahsulot ishlab chiqarish hajmini 177 milliard so‘mga, eksport ulushini esa 60 foizga yetkazish rejalashtirilgan.


Mavzuga oid
14:24
Uch yilda kimyo sohasida 42 ta yirik loyiha amalga oshiriladi
13:52
«Navoiyazot» huzurida 1 mlrd dollarlik yangi kimyo loyihalari amalga oshiriladi
13:37
Kimyo sanoatida 2,8 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshiriladi
13:02