Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Insofsiz sug‘urta agentlarining ochiq reyestri yuritiladi
O‘zbekistonda insofsiz sug‘urta agentlarining maxsus reyestri shakllantiriladi. Reyestr Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan yuritilib, barcha foydalanuvchilar uchun ochiq e’lon qilinadi.
Adliya vazirligi tomonidan Sug‘urta agentlari to‘g‘risidagi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Hujjatga ko‘ra, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi insofsiz sug‘urta agentlarining reyestrini yuritadi hamda uni o‘zining rasmiy veb-saytida ochiq joylashtiradi.
Shuningdek, yangi tartibga muvofiq, sug‘urta agenti va sug‘urtalovchi o‘rtasidagi topshiriq shartnomasi (agent bitimi) tuzilgan kundan boshlab bir kun ichida Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkaziladi va agentga maxsus ID raqam beriladi.
Nizomda sug‘urta agentlari faoliyatini monitoring qilish, vositachilik haqi miqdorini cheklash hamda bank krediti bilan bog‘liq sug‘urta shartnomalarini tuzishda mijozning sug‘urtalovchini erkin tanlash huquqini ta’minlashga qaratilgan qoidalar ham belgilangan.
Mavzuga oid
10:00 / 13.06.2026
Sud ekspertlarining davlat reyestri yuritiladi
09:17 / 11.06.2026
Professordan tarbiyachigacha: pedagogik lavozimlar ro‘yxati belgilandi
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
15:51 / 12.05.2026