Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vashington Kuba rahbariyatiga bosimni kuchaytirmoqda
AQSh Moliya vazirligi Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel va sobiq rahbar Raul Kastroning oila a’zolariga qarshi yangi sanksiyalar joriy qildi. Vashingtonning ta’kidlashicha, mazkur choralar Kuba rahbariyatiga nisbatan bosimni kuchaytirish siyosati doirasida qabul qilingan.
Oq uy 4 iyun kuni Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel hamda mamlakatning sobiq rahbari Raul Kastro oilasining bir qator vakillariga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar joriy etilganini ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, AQSh Davlat departamenti Dias-Kanelga nisbatan avval ham sanksiyalar qo‘llagan bo‘lsa, yangi cheklovlar prezidentning turmush o‘rtog‘i va o‘gay o‘g‘lini ham qamrab olgan. Shuningdek, Raul Kastroning o‘g‘li va nabiralaridan biri ham sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.
Raul Kastro Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastroning ukasi hisoblanadi. 95 yoshli siyosatchi rasmiy lavozim egallamasa-da, mamlakatdagi muhim qarorlarga ta’sir ko‘rsatishda davom etayotgani ta’kidlanmoqda. AQSh o‘tgan oyda uni 1996 yilda ikki fuqarolik samolyotining yo‘q qilinishini tashkil etishda ayblagan edi. O‘sha hodisada to‘rt kishi halok bo‘lgan.
Vashington va Havana o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi oylarda yanada keskinlashdi. Kuba rasmiylari AQShni orol davlatiga qarshi harbiy harakatlar uchun bahona izlashda ayblab kelmoqda. Prezident Donald Tramp esa bir necha bor Kuba ustidan nazorat o‘rnatish haqida keskin bayonotlar bergan.
Kuba 1962 yildan buyon AQShning iqtisodiy embargosi ostida yashab kelmoqda. Mamlakat hozirda Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyingi eng og‘ir iqtisodiy inqirozlardan birini boshdan kechirmoqda. Orolda elektr energiyasi uzilishlari va yoqilg‘i tanqisligi kuzatilmoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning hokimiyatdan chetlatilishidan keyin Kubaning energetika ta’minoti bilan bog‘liq muammolari yanada kuchaygan. Venesuela avvalroq Kubaning asosiy neft yetkazib beruvchilaridan biri hisoblangan.
Mavzuga oid
08:33
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
08:22
O‘ta boy aholi soni eng tez o‘sgan davlat ma’lum bo‘ldi
21:20 / 04.06.2026
Baydenning urushi Trampning urushiga aylandi - Sergey Lavrov
20:10 / 04.06.2026