Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nodavlat ta’lim muassasalari qonunbuzilish xavfi bo‘yicha baholanadi
O‘zbekistonda nodavlat maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim hamda qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida qonunbuzilish xavfini baholashning elektron tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. Tizim orqali ta’lim muassasalari xavf darajasiga qarab tasniflanadi va profilaktik choralar ko‘riladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan nizom loyihasiga ko‘ra, qonunbuzilish xavfini tahlil qilish maxsus elektron tizim orqali amalga oshiriladi.
Hujjatda qayd etilishicha, xavf darajasi tadbirkorlik sub’yektlarining litsenziya va tasdiqnoma ma’lumotlari, statistik ko‘rsatkichlari, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari, ommaviy axborot vositalari hamda boshqa qonuniy manbalardan olingan ma’lumotlar asosida baholanadi.
Shu bilan birga, xavf tahlili jarayonida tadbirkorlik sub’yektlaridan qo‘shimcha hujjatlar yoki ma’lumotlar talab qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Loyihaga muvofiq, baholash natijalariga ko‘ra ta’lim muassasalari uch toifaga ajratiladi: yuqori xavf, o‘rta xavf va past xavf.
81 ball va undan yuqori natija qayd etgan sub’yektlar yuqori xavf toifasiga, 61–80 ball yig‘ganlar o‘rta xavf toifasiga, 60 ball va undan kam ko‘rsatkichga ega muassasalar esa past xavf toifasiga kiritiladi.
Huquqbuzarlik xavfi yuqori yoki o‘rta deb baholangan muassasalarda qonunbuzilishlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar o‘tkaziladi. Tekshiruv o‘tkazish tashabbusi esa, asosan, profilaktik choralar samara bermagan hollarda ko‘rib chiqiladi.
Bunda inson hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilganda, jamoat xavfsizligiga tahdid mavjud bo‘lganda yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa holatlarda profilaktika tadbirlarisiz ham tekshiruv o‘tkazilishi mumkin.
Loyihada ta’kidlanishicha, xavf tahlili natijalari o‘z-o‘zidan tadbirkorlik sub’yektiga nisbatan jazo choralari qo‘llash uchun asos bo‘la olmaydi. Tizimning asosiy maqsadi qonunbuzilishlarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olishdan iborat.
Mavzuga oid
13:43 / 02.06.2026
“Davlat maktablarining asosiy vazifasi bolalarni ma’lum vaqt ushlab turish bo‘lib qoldi” – Hamid Sodiq
08:38 / 02.06.2026
Germaniyada o‘zbekistonlik yoshlar uchun maxsus ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi
16:49 / 30.05.2026
“Bolaga hatto ota-onaning kuchi yetmayapti” - maktablardagi intizom haqida suhbat
17:31 / 26.05.2026