O‘zbekiston | 18:00
2344
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda uch yigit suvga cho‘kib o‘ldi

Surxon daryosidagi cho‘milish fojia bilan yakunlandi.

Foto: FVB

Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumanida cho‘milish uchun daryoga borgan 6 nafar yigitning 3 nafari halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.

Qayd qilinishicha, tumanning Namuna mahallasida istiqomat qiluvchi 18 yoshli 6 nafar yigit cho‘milish maqsadida Surxon daryosiga borgan. Ulardan 5 nafari suvga tushgan va 3 nafarini suv oqizib ketgan. 2 nafarini yaqin atrofda bo‘lgan fuqarolar qutqargan.

Maxsus qutqaruv xizmati g‘avvoslari tomonidan ulardan 2 nafarining jasadi suvdan chiqarilgan. Yana bir jasad qidirilmoqda.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid