Jamiyat | 17:37
3139
2 daqiqa o‘qiladi

16−18 iyun kunlari Toshkent shahriga yuk mashinalari kiritilmaydi

Shu kunlarda Toshkent xalqaro investitsiya forumi o‘tkazilishi munosabati bilan poytaxtning ayrim ko‘chalarida transport harakati ham vaqti-vaqti bilan cheklanadi.

16−18 iyun kunlari poytaxtda beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi. Forum davomida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida shaharning ayrim ko‘chalarida transport vositalari harakati vaqti-vaqti bilan cheklanadi. Bu haqda IIV xabar berdi.

Quyidagi ko‘chalarda harakat cheklanadi: 

· Islom Karimov va Sharof Rashidov ko‘chalari chorrahasidan Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov va Furqat ko‘chalari chorrahasigacha;
· Maxtumquli, Temur Malik va Yangi O‘zbekiston ko‘chalari kesishmasidagi ko‘prikdan Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab Yangi O‘zbekiston va Istiqlol ko‘chalari chorrahasigacha;
· Islom sivilizatsiyasi markazi atrofidagi hududlarda, jumladan, Sharof Rashidov va Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasidan Abdulla Qodiriy hamda Qorasaroy ko‘chalari bo‘ylab Qorasaroy va Nurafshon ko‘chalari chorrahasigacha.

Yo‘l harakati ishtirokchilari uchun aylanma yo‘llar tashkil etiladi. Tezkor xizmatlarning maxsus avtotransport vositalari harakati bundan mustasno.

Shuningdek, tadbir kunlari Toshkent shahriga yuk mashinalari kirishi ham cheklanadi. Ularning harakati Toshkent viloyatidagi aylanma yo‘llar orqali tashkil etiladi.

Руслан Сабуров
Tayyorlagan Руслан Сабуров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid