O‘zbekiston | 10:00
598
2 daqiqa o‘qiladi

Sud ekspertlarining davlat reyestri yuritiladi

O‘zbekistonda sud-ekspertlik faoliyatini tartibga solishga qaratilgan yangi qonun qabul qilindi. Hujjatga muvofiq, sud ekspertlarining davlat reyestri yuritiladi va soha faoliyatining huquqiy asoslari belgilanadi.

Foto: iStock

“Sud-ekspertlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun (O‘RQ–1152-son) qabul qilindi.

Qonunning asosiy maqsadi sud-ekspertlik faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Hujjatga ko‘ra, davlat va nodavlat sud eksperti lavozimini oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, muayyan sud-ekspert ixtisosligi bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan hamda sud ekspertizasini o‘tkazish huquqini beruvchi guvohnoma (sertifikat) olgan O‘zbekiston fuqarolari egallashi mumkin.

Yangi tartibga muvofiq, sud ekspertlarining davlat reyestri Adliya vazirligi tomonidan yuritiladi.

Qonunda sud-ekspertlik faoliyatining tashkiliy shakllari ham belgilab berilgan. Ular qatoriga davlat sud-ekspertiza muassasalari, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari, sud-ekspertlik byurolari, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshiruvchi ilmiy va oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, sud eksperti sifatida ishtirok etuvchi boshqa tashkilot xodimlari va jismoniy shaxslar kiradi.

Shuningdek, qonunda O‘zbekiston sud ekspertlari palatasining huquqiy maqomi ham belgilangan. Palata sud ekspertlarining a’zoligiga asoslangan nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid