Jahon | 18:44
1825
1 daqiqa o‘qiladi

Eron Ali Xominaiyni o‘limidan to‘rt oy o‘tib dafn etadi

Eronning sobiq oliy rahbari Ali Xominaiyni dafn etish marosimi 4 iyul kuni Tehronda boshlanadi. U 28 fevral kuni AQSh va Isroilning Eron hududiga birinchi zarbalari paytida halok bo‘lgan edi.

Foto: Majid Asgaripour/WANA (West Asia News Agency) via Reuters

Fars agentligi xabariga ko‘ra, dafn marosimida Ali Xominaiy, shuningdek, Eron rahbarining rafiqasi, kelini, kuyovi va nabirasi bilan xayrlashuv marosimi bo‘lib o‘tadi. Zarba oqibatida Xominaiyning ushbu qarindoshlari ham halok bo‘lgan.

Poytaxtda xayrlashuv marosimi 6 iyulga qadar davom etadi. Ertasi kuni shialar uchun muqaddas bo‘lgan Qum shahrida motam yurishi bo‘lib o‘tadi. 9 iyul kuni Xominaiy tug‘ilgan shahri Mashhadda Imom Rizo maqbarasiga dafn etiladi.

Dastlab Xominaiy bilan vidolashuv marosimi 4 mart kuni bo‘lib o‘tishi va uch kun davom etishi kerak edi. Biroq, marosim kuni Eron rasmiylari tadbir qoldirilganini e’lon qildi. Qaror xayrlashishni xohlovchilarning juda ko‘pligi bilan izohlandi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid