Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nobud bo‘lgan hayvon jasadini krematsiya qilish tartibi belgilandi
Adliya vazirligi nobud bo‘lgan hayvon jasadini krematsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
Nizom nobud bo‘lgan hayvonlar jasadlarini ko‘zdan kechirish, tashish, vaqtincha saqlash va krematsiya qilish tartibini belgilaydi.
Krematsiya – nobud bo‘lgan hayvonlarning jasadini maxsus texnik uskunalar (krematoriy) yordamida yuqori haroratda yondirish orqali ularning biologik qoldiqlarini to‘liq yo‘q qilish usuli.
Nizomga muvofiq:
-
hayvon nobud bo‘lgani aniqlanganda uning egasi shu kunning o‘zida mas’ullarga xabar berishi lozim;
-
jasad maxsus transport yoki yopiq konteynerda krematoriyga olib boriladi;
-
krematsiyagacha maxsus joyda saqlanadi, saqlash muddati qoidaga ko‘ra 24 soatdan oshmaydi;
-
yuqumli kasallik aniqlanganda yoki o‘lim sababi noma’lum bo‘lganda krematsiya amalga oshiriladi;
-
krematsiyadan keyin qolgan kul va qoldiqlar yo‘q qilinadi hamda dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Xavfsizlik talablariga ko‘ra, xodimlar shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanadi, foydalanilgan joylar va uskunalar dezinfeksiya qilinadi, jasadni ochiq holda tashish va saqlash taqiqlanadi.
Mavzuga oid
20:33 / 02.05.2026
Olmaotada Qozog‘istondagi ilk krematoriy ishga tushdi
15:54 / 25.11.2024
Hindistondagi kasalxonada vafot etgan erkak krematsiyadan oldin o‘ziga keldi
20:42 / 09.08.2024
Xitoyda protez tayyorlash uchun krematoriylardan 4 ming murda o‘g‘irlangani ma’lum bo‘ldi
09:19 / 09.06.2024