Yozning issiq harorati inson tanasida ayrim muammolarni keltirib çiqarişi mumkin. Şu sababli bu faslda gigiyena qoidalariga rioya qiliş, nafaqat şaxsiy tozalikni saqlaş, balki kasalliklarning oldini olişda ham muhim ahamiyatga ega.

Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati uşbu qoidalar haqida ma’lumot berib ötdi.

1. Ovqat tayyorlaş va saqlaş. Bilamizki, issiq ob-havoda ba’zi oziq-ovqat mahsulotlari juda tez ayniydi. Şu sababli doim toza va ozoda joylarda taomlaniş, tez buziladigan mahsulotlardan saqlaniş zarur.

Bozorlar, köçalar va yöl yoqalarida sotiladigan uy şaroitida tayyorlangan ovqatlar hamda qölbola içimliklarni aslo iste’mol qilmang. Şuningdek, meva va sabzavotlarni yaxşilab yuving. Göşt va sut mahsulotlarini faqat sovitkiçda saqlang.

2. Suv havzalarida çömiliş. Çömiliş havzalaridagi ifloslangan suv ötkir virusli içak infeksiyalari, gepatit (A, Ye), içburuğ, içterlama, lyamblioz kabi xavfli kasalliklarni keltirib çiqaradi. Şuningdek, oçiq suv havzalarida suziş turli teri xastaliklari, burun, oğiz va quloq şilliq qavatlari yalliğlanişiga ham olib kelişi mumkin.

Şu bois, doim faqat toza va dezinfeksiya qilingan sun’iy suziş havzalarida çömiliş lozim. Şaxsiy soçiq va suziş vositalarini işlatiş, ularni begona odamlarniki bilan almaştirmaslik zarur.

3. Qöllarni tez-tez yuviş. Yoz faslida sovun va antiseptik gellar yordamida tez-tez qöllarni yuvib turiş terini ozoda saqlab, zararli bakteriya va viruslardan xalos etadi. Ayniqsa, ovqatlanişdan oldin va keyin hamda taşqaridan uyga kelganda bu odatni kanda qilmaslik lozim.

4. Iliq duş qabul qiliş. Jazirama havo terida bakteriyalarni köpaytirişi mumkin. Şu bois, issiq kunlarda tez-tez iliq duş qabul qiliş salomatlik uçun foydali. U insonni tetiklantirib, tanadagi ğuborlarni ketkazadi.

5. Hojatxonadan foydalaniş. Jamoat hojatxonalaridan foydalangaç, albatta, qöllarni sovunlab yuviş kerak. Agar bunga imkon bölmasa, antiseptik vositalarni işlatiş tavsiya etiladi. Şuningdek, jamoat joylarida eşik tutqiçlari va umumiy foydalaniladigan buyumlarni uşlagandan keyin ham qöllarni sovunlab yuviş maqsadga muvofiq.