Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliforniyada AQShning B-52 strategik bombardimonchisi quladi
AQShning Kaliforniya shtatida mamlakat harbiy-havo kuchlariga tegishli B-52 strategik bombardimonchisi qulashi oqibatida bortda bo‘lgan sakkiz nafar harbiy halok bo‘ldi. Hodisa yuzasidan tekshiruv boshlangan.
AQSh Harbiy-havo kuchlarining «Edvards» aviabazasi ma’lumotiga ko‘ra, Boeing B-52 rusumli strategik bombardimonchi 15 iyun kuni Los-Anjyeles shahrining shimolida halokatga uchragan. Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 11:20 da parvozni boshlaganidan ko‘p o‘tmay qulagan.
Rasmiylarga ko‘ra, havo kemasi bortida sakkiz nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Dastlabki baholashlarga ko‘ra, halokat shunchalik og‘ir bo‘lganki, omon qolish imkoniyati mavjud bo‘lmagan.
Hodisa sodir bo‘lgan hududda qutqaruv va favqulodda xizmatlar ish olib bormoqda. Ayni paytda aviahalokat sabablarini aniqlash maqsadida maxsus komissiya tomonidan tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
B-52 bombardimonchisi AQShning eng mashhur va eng uzoq xizmat qilayotgan harbiy samolyotlaridan biri hisoblanadi. U 1950-yillarda, SSSR va AQSh o‘rtasidagi «sovuq urush» avj olgan davrda yaratilgan. «Stratosfera qal’asi» nomi bilan tanilgan mazkur samolyot yadroviy qurollarni tashish va uzoq masofali zarbalar berish imkoniyatiga ega.
Ochiq manbalarga ko‘ra, B-52 ishtirokidagi so‘nggi yirik halokat 2008 yilda Tinch okeanidagi Guam oroli yaqinida sodir bo‘lgan. O‘shanda ham samolyot qulashi oqibatida olti nafar amerikalik harbiy xizmatchi halok bo‘lgan edi.
Mazkur voqea AQSh harbiy aviatsiyasi uchun so‘nggi yillardagi eng og‘ir fojialardan biri sifatida baholanmoqda.
Mavzuga oid
09:15 / 15.06.2026
Yevropa yetakchilari AQSh–Eron kelishuvini olqishladi
08:45 / 15.06.2026
AQSh va Eron urushni tugatish hamda Ho‘rmuzni qayta ochish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi
11:18 / 14.06.2026
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49 / 14.06.2026