O‘zbekiston | 17:38
1235
2 daqiqa o‘qiladi

Ziroat Mirziyoyeva Albaniya birinchi xonimi Armanda Begay bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Albaniya xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlash, shuningdek, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Foto: Telegram / Ziroat Mirziyoyeva

Albaniya prezidentining rasmiy tashrifi doirasida 16 iyun kuni Toshkentdagi Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva hamda Albaniya birinchi xonimi Armanda Begay uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda ikki davlat rahbarlari rafiqalari O‘zbekiston va Albaniya xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlash, shuningdek, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Madaniy dastur davomida oliy martabali mehmon o‘zbek amaliy san’ati ustalarining ijod namunalari, jumladan, yog‘och o‘ymakorligi, qadimiy so‘zana kashtachiligi texnikasi hamda an’anaviy kulolchilik buyumlari bilan tanishdi.

Dasturning yorqin lahzalaridan biri an’anaviy o‘zbek liboslari namoyishi, shuningdek, mamlakatimizning turli hududlariga xos jihatlarni aks ettirgan «Kelin salom» marosimi taqdimoti bo‘ldi.

Oliy martabali mehmon o‘zbek xalqining milliy an’ana va urf-odatlariga samimiy qiziqish bildirib, ularning chuqur tarixiy ildizlari, go‘zalligi va betakrorligini alohida ta’kidladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid