Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Baxtiyor Islomov Oliy sud raisi lavozimidan ozod etiladi
Shu haqdagi taqdimnoma Oliy Majlis Senatiga kiritildi.
Prezident tomonidan Baxtiyor Jahongirovich Islomovni Oliy sud raisi lavozimidan ozod etish to‘g‘risida Oliy Majlis Senatiga taqdimnoma kiritildi.
Baxtiyor Islomov 2022 yil avgustda Oliy Majlis Senati majlisida Oliy sud raisi etib saylangan edi.
Bunga qadar u Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida sudyalik qilgan, 2020 yil noyabrigacha jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi raisi bo‘lgan.
2020 yil noyabrida u prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Tursunxon Xudoyberganovning birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Oradan bir yil o‘tib, Rustam Inoyatov o‘rniga prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ish boshlagan edi.
Mavzuga oid
08:32 / 20.05.2026
Narkojinoyatlar uchun shartli ozod qilish tartibi cheklanadi
19:00 / 19.05.2026
Kreativ iqtisodiyot uchun soliq imtiyozlari nazarda tutilgan qonun ma’qullandi
21:53 / 18.05.2026
Sotuvchi xaridorning qonuniy talabini bajarmasa, elektron platforma zimmasiga ham mas’uliyat yuklanadi
22:23 / 14.05.2026