Jahon | 18:19
1230
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi

Iyul oyidan boshlab Kam Air aviakompaniyasi Kobul - Toshkent yo‘nalishidagi parvozlar sonini haftasiga 3 taga yetkazadi.

Afg‘onistonning Kam Air aviakompaniyasi Kobul - Toshkent - Kobul yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar sonini haftasiga 3 tagacha oshiradi. Ilgari qatnov faqat shanba kunlari amalga oshirilgan.

2026 yil 2 iyuldan boshlab Kam Air seshanba, payshanba va shanba kunlari yo‘lovchi reyslarini amalga oshiradi.

Parvoz vaqti 1 soat 45 daqiqa, operator veb-saytidagi chiptalar narxi 365 AQSh dollaridan boshlanadi, parvozlar Boeing 737-300 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid