Jamiyat | 10:00
1489
1 daqiqa o‘qiladi

Bo‘stonliqda kanalga tushib ketgan ikkinchi bolaning jasadi ham topildi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Bo‘zsuv kanaliga tushib ketgan ikki nafar voyaga yetmagan bolani qidirish ishlari yakunlandi. Qutqaruvchilar tomonidan ikkinchi bolaning jasadi ham suvdan topib olindi.

Foto: Videodan kadr

Favqulodda vaziyatlar xizmati ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 17 iyun kuni Bo‘stonliq tumani Obod mahallasida sodir bo‘lgan. 2016 va 2018 yillarda tug‘ilgan ikki nafar bola yashash uyi yaqinidan oqib o‘tuvchi Bo‘zsuv kanaliga ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketgan.

Hodisa haqida xabar kelib tushgach, qutqaruvchilar tomonidan keng ko‘lamli qidiruv ishlari tashkil etilgan. Avvalroq bolalardan birining jasadi topilgan edi.

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi g‘avvos-qutqaruvchilari tomonidan olib borilgan navbatdagi qidiruv ishlari davomida kecha soat 16:50 da ikkinchi bolaning jasadi ham aniqlanib, suvdan olib chiqildi.

Bo‘zsuv kanalida yuz bergan baxtsiz hodisa oqibatida ikki nafar voyaga yetmagan bola halok bo‘ldi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid