Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fermerlarni haqoratlagan Muzrabot hokimi hayfsan oldi
Abdulla Mamatqulov g‘alla topshirish rejasini bajarmayotgan fermerlarni qo‘pol haqoratlab, hatto onasidan so‘kkani o‘z tasdig‘ini topdi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabariga ko‘ra, hokimga hayfsan intizomiy jazosi berilgan.
Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov davlat xizmatchisining odob-axloq qoidalariga zid xatti-harakatlari uchun intizomiy jazoga tortildi.
Kun.uz 16 iyun kuni Mamatqulovga tegishli ekani aytilgan audioni e’lon qilgan edi. Audioda hokim ekani aytilayotgan shaxs davlatga g‘alla topshirish rejasini bajarmayotgan fermerlarni haqoratlayotganini eshitish mumkin.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 23 iyun kungi bayonoti bilan holatni rasman tasdiqladi.
Agentlik davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalari buzilishining oldini olishga qaratilgan ishlarni muvofiqlashtirish vakolati doirasida, Surxondaryo viloyati hokimligiga xizmat tekshiruvi o‘tkazish va huquqiy baho berish bo‘yicha taqdimnoma kiritgan.
Taqdimnoma natijalariga ko‘ra, Muzrabot tumani hokimi A.Mamatqulovga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazosi qo‘llangan.
Kun.uz'dagi ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 15 iyun kuni hokimning xizmat xonasida ro‘y bergan. Abdulla Mamatqulov g‘alla topshirish rejasini bajarmayotgan fermerlarni xonasiga to‘plab, ularni birma-bir haqoratlab chiqqan.
U gap orasida: “Nega sen uchun men gap eshitishim kerak?” degani – o‘z navbatida hokimning o‘zi ham g‘alla rejasi masalasida yuqoridan dashnom eshitayotganiga ishora qiladi.
- Ma’lumot uchun, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda haqorat uchun BHMning 20 baravaridan 40 baravarigacha jarima jazosi nazarda tutilgan.
- Abdulla Mamatqulov Muzrabot hokimi lavozimiga 2025 yil may oyida tayinlangan. U bundan oldin asosan suv ta’minoti tizimida mas’ul lavozimlarda ishlagan; bir muddat Bandixon tumani hokimi o‘rinbosari bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:32
Katta poraxo‘rlar muddatining oxirigacha “o‘tiradi”
13:08
O‘zbekistonda korrupsionerlar reyestri nihoyat joriy etilmoqda
11:46 / 19.06.2026
Jahon banki O‘zbekistonga qishloq infratuzilmasini rivojlantirish uchun 150 mln dollar ajratadi
18:20 / 17.06.2026