Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xon Saroy navbatdagi loyihasida kalit topshirishni boshladi
Yunusobod tumanida joylashgan Zo‘rsan turar joy majmuasida xonadon egalariga kalitlar topshirilmoqda. 16 qavatli 14 ta blokdan iborat loyihada jami 1600 ta xonadon mavjud.
Kalit topshirish marosimi bayramona muhitda tashkil etildi. Tadbir davomida mehmonlar uchun ko‘ngilochar dasturlar namoyish qilinib, bolalar uchun maxsus maydonchalar yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, kompaniya vakillari yangi xonadon egalarining uyga ko‘chib kirish va foydalanish jarayoniga oid savollariga javob berdi.

Tadbirning e’tiborga molik jihatlaridan biri obektning belgilangan muddatda topshirilgani bo‘ldi. Xonadon egalari qurilish ishlari o‘z vaqtida yakunlangani va kalitlar va’da qilingan muddatda berilganini alohida ta’kidlashdi.

Yangi xonadon egalaridan biri Buvalya Odilovaning aytishicha, majmuaning joylashuvi va qurilish sifati unda ijobiy taassurot qoldirgan.
“Taassurotlar katta. Judayam xursand bo‘ldim. Balkonga chiqib qaradim, hamma narsa zo‘r. Kompaniya nomiga mos ekan. Uylari ham, hammasi joyida. Shaharning o‘rtasida, hamma yoq ko‘rinadi, yaxshi, ko‘rkam joy ekan”, - deydi u.
Uning ta’kidlashicha, xonadonni xarid qilishda kompaniya tomonidan taklif etilgan to‘lov shartlari ham qulay bo‘lgan.

Yana bir xonadon egasi Nargiza Xolmurodovaning aytishicha, Zo‘rsan loyihasini tanlashiga majmuaning Yunusobod tumanida joylashgani, infratuzilmaga yaqinligi hamda tashqi ko‘rinishi sabab bo‘lgan.
“2024 yil sentabr oyida shartnoma olganmiz. Iyun oyida kalit olasizlar deyishgandi va va’da berishganidek amal qilishdi”, - deydi u.

Xon Saroy kompaniyasi 2019 yildan buyon Toshkent shahrida faoliyat yuritib keladi. Shu vaqt davomida kompaniya 609 ming kvadrat metrdan ortiq turar joy va tijorat obektlarini barpo etib, 5 mingdan ortiq xonadonni foydalanishga topshirgan. Bugungi kunga qadar esa 12 mingdan ziyod oila kompaniya loyihalarini tanlagan.

Hozirda kompaniya portfelida 24 ta loyiha mavjud. Ulardan 14 tasi foydalanishga topshirilgan bo‘lsa, yana 10 tasi qurilishning turli bosqichlarida davom etmoqda.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda Zo‘rsan turar joy majmuasidagi xonadonlarning 90 foizi allaqachon o‘z egalarini topgan. Hozirda majmuadagi mavjud xonadonlarni xarid qilish imkoniyati saqlanib qolmoqda.
Batafsil ma’lumotni 71 200 74 00 telefon raqami orqali olish mumkin.
Mavzuga oid
19:44 / 07.05.2026
Xon Saroy’ning “Bahor Residence” turar joy majmuasi bo‘yicha jinoyat ishi sudda ko‘rilmoqda. 6 kishi qamoqda
15:00 / 19.11.2025
Xon Saroy: 6 yillik yutuqlar
15:30 / 18.09.2025
“Xon Saroy”dan yangi loyiha – myuzikl film suratga olindi
19:00 / 10.02.2025