Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyaning sobiq adliya vaziri 25 yilga qamaldi
Janubiy Koreyaning sobiq adliya vaziri Pak Son Je 2024 yil 3 dekabr voqealarida ishtirok etish va hokimiyatni suiiste’mol qilishda aybdor deb topildi.
Seul markaziy tuman sudi Janubiy Koreyaning sobiq adliya vaziri Pak Son Jeni 25 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.
2024 yil 3 dekabr voqealari tafsilotlarini tergov qilayotgan maxsus prokuratura sobiq prezident Yun Sok Yol harbiy holat e’lon qilganidan keyin Adliya vazirligining yuqori lavozimli mulozimlari ishtirokida yig‘ilish chaqirgani uchun Pak Son Jega nisbatan isyonda ishtirok etish va hokimiyatni suiiste’mol qilish ayblovlarini ilgari surgan edi.
Sud Maxsus prokuraturaning mazkur yig‘ilishda Yun Sok Yol buyrug‘i bilan hibsga olinishi rejalashtirilgan siyosatchilarni saqlash joylari muhokama qilingani haqidagi vajlarini inobatga olib, Pak Son Jeni har ikkala band bo‘yicha aybdor deb topdi.
«Sudlanuvchi isyon muvaffaqiyatli yakunlanishi mumkin deb hisoblab, unda ishtirok etishni afzal ko‘rdi va Konstitutsiyani himoya qilish bo‘yicha o‘z burchidan yuz o‘girdi», — deyiladi sud qarorida.
Mavzuga oid
11:49
JChda 14-kun. Neymar maydonga qaytdi, Koreya yutqazib qo‘ydi
18:52 / 24.06.2026
Chexlarga sensatsiya kerak, Braziliya va Koreyaga durang ham yetadi. A, V va C guruhlarida vaziyat qanday?
10:01 / 19.06.2026
Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq yirik firibgarliklar fosh etildi
18:37 / 12.06.2026