Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘qayev internetdagi ko‘zbo‘yamachilik va «oson pul» madaniyatini qoraladi
Qozog‘iston rahbari yuksak madaniyatga ega mamlakat butun dunyoda e’tirof va obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lishini ta’kidladi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda bekorchi turmush tarzini ommalashtirishni qoraladi.
«Yosh avlodni to‘g‘ri hayot yo‘lidan adashtiradigan, dunyoqarash va qadriyatlarni buzib ko‘rsatadigan xo‘jako‘rsinga hashamat va oson pul topishga sig‘inishni ommalashtirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Yoshlar media makonda namoyishkorona isrofgarchilik va bema’ni bekorchilikning xayoliy dunyosini emas, balki bunyodkorlik mehnati, halol daromad va yuksak ichki madaniyatning yaqqol, ishonchli namunalarini ko‘rishi kerak», dedi u.
To‘qayev yuksak madaniyatga ega mamlakat butun dunyoda e’tirof va obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lishini ta’kidladi. Haqiqiy madaniyat esa oddiy qoidalardan boshlanadi: uyda ham, odamlar orasida ham axloqiy tamoyillarga rioya qilish, jamiyatda o‘zini to‘g‘ri tuta bilish, boshqalarni hurmat qilish.
Mavzuga oid
18:15 / 25.06.2026
«Kun.uz» muxbiri Matbuot xodimlari kuni munosabati bilan prezident tomonidan taqdirlandi
19:57 / 24.06.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
10:25 / 24.06.2026
To‘qayev va YeI yetakchilari hamkorlikning yangi bosqichini boshladi
18:07 / 22.06.2026