Jahon | 18:02
767
1 daqiqa o‘qiladi

Putinning ehtimoliy vorisi deb hisoblangan Sergey Ivanov vafot etdi

Rossiya Mudofaa vazirligining sobiq rahbari Sergey Ivanov vafot etdi. U 73 yoshda edi.

Foto: Mixail Klimentev / RIA Novosti

Sergey Ivanov so‘nggi o‘n yilliklardagi eng nufuzli rus amaldorlaridan biri edi. Turli yillarda u bosh vazir o‘rinbosari va hukumatning birinchi o‘rinbosari, mudofaa vaziri, Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi, prezident ma’muriyati rahbari lavozimlarida ishlagan.

2016 yildan 2026 yil fevraligacha Ivanov prezidentning atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologiya va transport masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimida ishladi. So‘nggi paytlargacha u Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi a’zosi bo‘lib kelgan.

2007 yilda Ivanov Vladimir Putinning vorisi bo‘lish uchun eng ehtimoliy nomzodlardan biri hisoblangan, ammo «apparat kurashida» Dmitriy Medvedevga yutqazgan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid