Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda plastik yo‘llar texnologiyasi joriy etiladi
Yangi texnologiya asfalt-beton qorishmasi tarkibiga qayta ishlanmaydigan plastmassa chiqindilarining ayrim turlarini qo‘shishga asoslangan. Bu – yo‘l qoplamasining mustahkamligi va xizmat muddatini oshirishi aytilmoqda.
O‘zbekistonda qayta ishlangan plastikdan foydalangan holda yo‘l qurish texnologiyasi joriy etiladi.
Yangi texnologiya asfalt-beton qorishmasi tarkibiga qayta ishlanmaydigan plastmassa chiqindilarining ayrim turlarini qo‘shishga asoslangan. Mutaxassislar fikricha, bu chiqindilar hajmini qisqartirish bilan birga, yo‘l qoplamasining mustahkamligi va xizmat muddatini oshirish imkonini beradi.
Qayta ishlangan plastmassa qorishmaning muhim tarkibiy qismi sifatida qo‘llanilishi natijasida qoplama tashqi ta’sirlarga nisbatan chidamliroq bo‘ladi. Dastlabki sinovlar yangi materialning an’anaviy asfaltga nisbatan bir qator texnik ko‘rsatkichlar bo‘yicha ustunlikka ega ekanini ko‘rsatdi.
Ishlab chiquvchilar ma’lumotiga ko‘ra, yangi qoplamaning mustahkamligi odatiy asfaltga nisbatan 2–3 barobar yuqori ekani qayd etilgan. Shuningdek, uning suv singdirish darajasi ham sezilarli darajada kamaygan.
Mualliflarning ta’kidlashicha, bu ko‘rsatkichlar yangi materialning uzoq muddatli xizmat qilishini va yemirilishga yuqori darajada bardoshli ekanini tasdiqlaydi.
Loyihani amalga oshirish doirasida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Mavzuga oid
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
18:13 / 10.06.2026
Smartfonni quvvatlashdagi asosiy xatolik aytildi
08:30 / 09.06.2026
O‘z davridan ming yillar oldin yaratilgan 8 texnologiya
22:36 / 21.05.2026