Jahon | 00:11
869
1 daqiqa o‘qiladi

Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 1400 nafardan oshdi

Zilziladan eng ko‘p La-Guayra shahri jabr ko‘rgan: shaharda 100ga yaqin bino butunlay vayron bo‘lgan. 

Foto: AP

Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 1430 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat milliy assambleyasi raisi Xorxe Rodriges ma’lum qildi, deb xabar berdi CNN.

Xabarda aytilishicha, vayronalar ostida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Og‘ir texnika yetishmasligi va davomli aftershoklar qutqaruvchilar ishini qiyinlashtirmoqda. Jarohatlangar soni 2,9 ming nafarni tashkil etmoqda.

24 iyun kuni Venesuelaning shimolida orasi atigi 39 soniya bo‘lgan ikki kuchli zilzila kuzatildi. Ularning magnitudasi mos ravishda 7,2 va 7,5 ni tashkil etdi. Mutaxassislar ikkinchi zilzilani mamlakatda so‘nggi 125 yil ichida qayd etilgan eng kuchli yer silkinishlaridan biri sifatida baholamoqda. Zilziladan eng ko‘p La-Guayra shahri jabr ko‘rdi: shaharda 100ga yaqin bino butunlay vayron bo‘lgan. 

Mamlakatda favqulodda holat e’lon qilingan. Venesuelaga qator davlatlar tomonidan gumanitar va texnik yordam ko‘rsatilmoqda.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid