O‘zbekiston | 18:51
4148
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston bo‘ylab 2–5 balli zilzila kuzatildi

27 iyun Toshkent vaqti bilan soat 18:34 da O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yer silkinishi ro‘y berdi.

FVV Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lumotiga ko‘ra, zilzila episentri – Toshkentdan 499 km janubiy-sharqda, Afg‘onistonning Badaxshon hududiga to‘g‘ri keladi.

Magnituda: 6,8.
Chuqurlik: 224 km.
Koordinatalari: 36,84 N, 70,19 E

Silkinishning O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Surxondaryo viloyatida 4-5 ball, 261 km.
  • Farg‘ona viloyatida 4 ball, 417 km.
  • Jizzax viloyatida 4 ball, 417 km.
  • Samarqand viloyatida 4 ball, 421 km.
  • Sirdaryo viloyatida 4 ball, 424 km.
  • Qashqadaryo viloyatida 4 ball, 446 km.
  • Andijon viloyatida 3-4 ball, 477 km.
  • Namangan viloyatida 3-4 ball, 479 km.
  • Toshkent viloyatida 2-3 ball, 495 km.
  • Toshkent shahrida 2-3 ball, 499 km.
  • Navoiy viloyatida 2 ball, 554 km.
  • Buxoro viloyatida 2 ball, 597 km.
Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid