Sport | 16:21
2927
2 daqiqa o‘qiladi

Shomurodov JCh guruh bosqichidagi eng chiroyli gol muallifi bo‘lishga da’vogar

FIFA saytida guruh bosqichi davomida urilgan jami 12 ta gol orasidan eng chiroylisini aniqlash uchun ovoz berish jarayoni o‘tkazilmoqda.

Foto: Alex Slitz/Getty Images

O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Eldor Shomurodov Kongo DR darvozasiga urgan gol turnir guruh bosqichining eng chiroyli goli deb topilishi mumkin.

Hujumchi o‘yinning 10-daqiqasida jarima maydoniga oshirilgan to‘pga yetib borib, o‘tkir burchak ostida turganiga qaramay, to‘pni parashyut uslubida raqib darvozaboni ustidan oshirib tashlagan va hisobni ochgandi.

Hozirda birinchi bosqich – guruh o‘yinlarida urilgan 215 ta gol orasidan eng chiroyli 12 tasi tanlab olindi.

Ro‘yxatda Lionel Messi, Kilian Mbappe va Vinisius Junior kabi yulduzlar bilan bir qatorda, O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Eldor Shomurodovning Kongo DR darvozasiga yo‘llagan zarbasi ham bor.

FIFA bu vaziyatga shunday baho berdi: «Santimetrigacha aniq hisoblangan va mukammal ijro etilgan bu gol O‘zbekistonning jahon chempionatidagi debyutining eng yorqin lahzasi bo‘ldi».

Ushbu havola orqali o‘zbekistonlik futbolchi uchun ovoz berish mumkin.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid