O‘zbekiston | 11:24
1508
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston aholisining 89,4 foizini o‘zbeklar tashkil etadi

Ro‘yxatga olish natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining 34,9 million nafari yoki 89,4 foizi o‘zbek millatiga mansub. Shuningdek, aholining 35,7 mln nafari yoki 91,3 foizi o‘zbek tilini ona tili deb hisoblaydi.

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston aholisining 89,4 foizini o‘zbeklar tashkil etadi. Bu haqda aholini ro‘yxatga olishning dastlabki natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

2026 yil boshida o‘tkazilgan ro‘yxatga olishning dastlabki natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining milliy tarkibi quyidagicha:

  • o‘zbeklar – 34 901 261 (89,4 foiz);

  • tojiklar – 1 278 941 (3,27 foiz);

  • qoraqalpoqlar – 841 397 (2,15 foiz);

  • qozoqlar – 707 329 (1,81 foiz);

  • ruslar – 606 528 (1,55 foiz);

  • qirg‘izlar – 219 091 (0,56 foiz);

  • turkmanlar – 194 757 (0,50 foiz);

  • boshqa millatlar – 300 010 (0,77 foiz).

Shuningdek, aholining 35,7 mln nafari yoki 91,3 foizi o‘zbek tilini ona tili sifatida ko‘rsatgan. Bu ko‘rsatkich etnik o‘zbeklar ulushidan 1,9 foiz punktga yuqori.

Avvalroq ro‘yxatga olish natijalari bo‘yicha O‘zbekiston aholisi 39 milliondan oshgani xabar qilingandi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid