Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Kiyevga vayronkor zarbalar yo‘lladi – suratlar
Ukraina poytaxtining barcha rayonlarida shikastlanishlar qayd etilgan: 20 ta turar joy binosi vayron bo‘lgan, kamida 18 kishi halok bo‘lib, 100 ga yaqin kishi jarohatlangan.
Rossiya harbiylari 2 iyulga o‘tar kechasi Kiyev shahri bo‘ylab ballistik va qanotli raketalar, shuningdek, dronlar orqali navbatdagi marta yopirilma zarba yo‘lladi.
Bu urush boshidan buyon Kiyevda kuzatilgan eng yirik hujumlardan biri bo‘ldi. Ukraina poytaxtining barcha rayonlarida vayrongarchiliklar qayd etilgan.
Ukraina bosh vaziri Yuliya Sviridenkoga ko‘ra, hujum oqibatida jami 100 ga yaqin turar joy binolari shikastlangan, shundan 20 dan ortiq uyga to‘g‘ridan to‘g‘ri raketa yoki dron kelib urilgan.
Desnyanskiy rayonida to‘qqiz qavatli uy vayron bo‘lgan, ichkarida odamlar qamalib qolgan. Darnitskiy rayonida bitta besh qavatli va bitta to‘qqiz qavatli uy zarba ostida qolgan.
Shevchenkovo rayonida ter yozdam stansiyalaridan birining binosi hujumga uchragan. Kiyev shahri meri Vitaliy Klichkoning xabar qilishicha, bu yerda olti nafar tibbiyot xodimi yaralangan, ulardan biri og‘ir ahvolda.
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina ichki ishlar vaziri Igor Klimenko Rossiya hujumi oqibatida shaharda 20 dan ortiq uy shikastlanganini xabar qilgandi. Keyinroq Ukraina bosh vaziri Yuliya Sviridenko aniqlik kiritib, 20 ta uyga to‘g‘ridan to‘g‘ri raketa yoki dron kelib urilgani, Kiyev o‘qqa tutilishi oqibatida jami 100 ga yaqin uy u yoki bu darajada shikastlangani haqida ma’lumot berdi. Vitaliy Klichkoning so‘zlariga ko‘ra, eng jiddiy vayrongarchilik Darnitskiy rayonida qayd etilgan, bu yerda binoning «bir qismi tom ma’noda qulab tushgan».
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
NASA (Fire Information for Resource Management System) kuzatuv xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, tungi hujumdan keyin Obolon rayonidagi Bogatirskoy ko‘chasida joylashgan WOG avtomobillarga yoqilg‘i quyish tarmog‘iga tegishli bo‘lgan neft bazasi hududida katta yong‘in chiqqan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida kamida 18 kishi halok bo‘lib, 100 ga yaqin kishi jarohat olgan. 3 iyul Kiyevda motam kuni deb e’lon qilindi.
Qutqaruvchilar xarobalarni tozalash ishlarini davom ettirmoqda, rasmiylar qurbonlar va yaralanganlar soni yanada ortishi mumkinligini istisno etmayapti.
Bir kun oldin Volodimir Zelenskiy o‘zining kechki videomurojaatida Ukraina razvedkasi Rossiya navbatdagi yopirilma hujumga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida ma’lumot olganini aytgandi.
Ukraina qurolli kuchlari havo kuchlari ma’lum qilishicha, Rossiya tungi hujumda 74 ta raketa va 496 ta dron uchirgan. Raketalardan 48 tasi va 476 ta dron urib tushirilgan. Hujumning asosiy yo‘nalishi Kiyev shahri bo‘lgan. Ukraina qurolli kuchlari havo kuchlari bir vaqtning o‘zida turli yo‘nalishlardan turli xil havo hujumi vositalaridan foydalanishni, shuningdek, ko‘p sonli ballistik raketalar va reaktiv dronlardan foydalanilganini ushbu hujumning o‘ziga xos xususiyati sifatida keltirgan. Vitaliy Klichko Kiyevga qilingan bu hujumni eng yirik hujum deb atagan.
«Agenstvo» qayd etishicha, bu ukrain dronlari 16 va 18 iyun kunlari Moskvaga amalga oshirgan yirik hujumlardan buyon Rossiya tomonidan Kiyev bo‘ylab ilk yopirilma zarba bo‘ldi. Kiyev bo‘ylab oxirgi keng ko‘lamli hujum 15 iyunga o‘tar kechasi kuzatilgan, o‘shanda Rossiya dronlari Kiyev-Pechersk lavrasiga kelib urilgandi.
Rossiya mudofaa vazirligi 2 iyul kuni tongida Rossiya qurolli kuchlari Ukrainaning «terrorchilik hujumlari»ga javoban Kiyev bo‘ylab zarba berganini ma’lum qilgan. Harbiy idora bayonotida ta’kidlanishicha, Kiyev shahri va Kiyev obastidagi harbiy sanoat korxonalari hamda yonilg‘i-energetika majmuasi obektlari, shuningdek, Dnipropetrovsk, Poltava, Cherkass, Chernihiv va Kiyev oblastlaridagi harbiy aerodromlar infratuzilmasi aniq nishonga olingan.
Keyinroq vazirlik aniqlik kiritib, Kiyevda Ukrainaning «Flamingo»qanotli raketalarini boshqarish tizimlarini ishlab chiqaruvchi «Radioniks» radioelektronika sanoat korxonasiga zarba berilganini ma’lum qildi. Vazirlik «Atlon Avia» radioelektronika yig‘ish korxonasi, «Antonov» aviatsiya sanoati korxonasi, Kiyev radiozavodi, «Kiyev-25» sanoat korxonasi, transport-logistika markazi hamda yonilg‘i-moylash materiallari omborini ham nishonlar qatorida sanagan.
Quyida Kiyevga hujum oqibatlari aks etgan suratlar.
Danylo Antoniuk / AP / Scanpix / LETA
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Mavzuga oid
11:21
CSIS: Rossiya har oy 30 mingdan ortiq harbiydan ayrilmoqda
20:18 / 01.07.2026
Ukraina Rossiya Bryansk oblastidan yangi hujum boshlashiga tayyorlanmoqda
19:04 / 30.06.2026
«Zarar bor» – Putin Ukraina hujumlari, benzin taqchilligi va Ankorij kelishuvi haqida
18:39 / 30.06.2026