Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TDYuUning ikki ta’lim yo‘nalishiga qabulda IQ test o‘tkaziladi
Toshkent davlat yuridik universitetining «Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik» hamda «Raqamli huquq» ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda IQ test joriy etiladi. Bu tartib Vazirlar Mahkamasining yangi qarori bilan belgilandi.
Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 30 iyundagi 350-son qarori bilan Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriatiga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga IQ test o‘tkazishga oid o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Yangi tartibga ko‘ra, IQ test Toshkent davlat yuridik universitetining «Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik» hamda «Raqamli huquq» ta’lim yo‘nalishlariga qabul jarayonida o‘tkaziladi.
Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish jarayonida huquq sohasi bo‘yicha test sinovlari bilan birga IQ test topshirishni ham tanlaydi. IQ testlari har yili 10 iyulga qadar TDYuU va ushbu testni o‘tkazuvchi hamkor xorijiy tashkilot o‘rtasidagi shartnoma asosida tashkil etiladi.
Qarorga muvofiq, IQ testini o‘tkazish hamda uning natijalarini baholash hamkor xorijiy tashkilotning talablari asosida amalga oshiriladi.
Faqat IQ test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash jarayonida mazkur ikki yo‘nalishni tanlash imkoniyati beriladi.
Shuningdek, ushbu ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshiruvchilardan chet tili bo‘yicha kamida V2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi.
Mavzuga oid
09:26 / 28.11.2025
TDYuUda 3 yillik maxsus dastur va huquq fanidan sertifikat joriy etiladi
18:20 / 27.11.2025
Yuridik universitetda klinik va dual ta’lim tizimi joriy etiladi
18:34 / 06.10.2025
Dunyodagi eng aqlli odam e’lon qilindi
10:48 / 19.06.2025