Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hunarmandlar soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda
2026 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan hunarmandlar soni 22 ming 670 nafarni tashkil etdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, hunarmandlar eng ko‘p Toshkent shahrida ro‘yxatga olingan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qilishicha, hududlar kesimida Toshkent shahri 2 959 nafar hunarmand bilan birinchi o‘rinni egallagan.
Undan keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati — 2 702 nafar, Samarqand viloyati — 2 185 nafar, Andijon viloyati — 2 108 nafar va Namangan viloyati — 2 030 nafar hunarmand bilan qayd etilgan.
Shuningdek, Xorazm viloyatida 1 907 nafar, Toshkent viloyatida 1 790 nafar, Qashqadaryo viloyatida 1 557 nafar va Buxoro viloyatida 1 531 nafar hunarmand faoliyat yuritmoqda.
Jizzax viloyatida 1 048 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 963 nafar, Surxondaryo viloyatida 960 nafar hunarmand ro‘yxatdan o‘tgan.
Eng kam ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida — 474 nafar va Navoiy viloyatida — 456 nafar hunarmand hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Mavzuga oid
10:50
O‘zbekistonda ayollar umr ko‘rish bo‘yicha erkaklardan oldinda
10:49 / 30.06.2026
Ro‘yxatga olish natijasida O‘zbekiston aholisi soni 39 milliondan oshiq ekani ma’lum bo‘ldi
09:05 / 29.06.2026
O‘zbekiston qaysi tovarlarni eng ko‘p import qilyapti?
10:10 / 27.06.2026