Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi bo‘lib o‘tadi
7–11 iyul kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida «Islom sivilizatsiyasi: tinchlik, bag‘rikenglik va ma’rifat yo‘li» mavzusida birinchi Xalqaro islom forumi bo‘lib o‘tadi. Forumda turli mamlakatlardan olimlar, din arboblari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari hamda madaniy va ilmiy muassasalar vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, forum O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti (ICESCO) hamkorligida tashkil etilmoqda.
Tadbir islom olami vakillari o‘rtasida muloqot va hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan xalqaro maydon sifatida o‘tkaziladi. Unda turli davlatlardan yetakchi olimlar, ma’naviy peshvolar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, universitetlar, muzeylar, kutubxonalar va gumanitar muassasalar vakillari qatnashadi.
Forumning asosiy mavzulari islom sivilizatsiyasining jahon ilm-fani, ta’lim, madaniyat, falsafa, san’at va ma’naviy meros rivojiga qo‘shgan hissasi, shuningdek, sivilizatsiyalararo muloqot va o‘zaro anglashuvni mustahkamlash masalalaridan iborat bo‘ladi.
Dastur doirasida yalpi majlislar, xalqaro ilmiy konferensiyalar, dunyoning yetakchi olimlari va din arboblari bilan uchrashuvlar, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Samarqanddagi Imom Buxoriy yodgorlik majmuasiga tashriflar rejalashtirilgan.
Shuningdek, forum doirasida islom san’ati, xattotlik va qo‘lyozma merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar, ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot brifinglari ham o‘tkaziladi.
Ta’kidlanishicha, mazkur forum O‘zbekistonda islom madaniy va ilmiy merosini asrab-avaylash va uni keng targ‘ib etishga qaratilgan ishlar doirasida tashkil etilmoqda. 2026 yil mart oyida Toshkent shahrida islom dunyosining eng yirik humanitar va ma’rifiy loyihalaridan biri bo‘lgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati boshlangan edi.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026
Sergelida kanalizatsiya inshooti atrofidagi sassiq hid bartaraf etiladi
17:03 / 04.07.2026