Jamiyat | 13:28
1304
1 daqiqa o‘qiladi

Bo‘stonliqda quduqqa tushib ketgan fuqaro qutqarib qolindi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida dalahovlisida dam olayotgan fuqaro quduqqa tushib ketdi. Hodisa joyiga tezkor yetib borgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari uni quduqdan olib chiqib, tibbiyot xodimlariga topshirdi.

Foto: kadr iz video

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qilishicha, hodisa kuni kecha soat 12:27 da sodir bo‘lgan. Toshkent viloyati FVBBga Bo‘stonliq tumani Novobod mahallasi hududida joylashgan dalahovlilaridan birida fuqaroning quduqqa tushib ketgani haqida xabar kelib tushgan.

Xabar asosida FVV qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, maxsus qutqaruv ishlarini amalga oshirgan. Natijada quduqqa tushib ketgan fuqaro sog‘-omon olib chiqilib, shifokorlar nazoratiga topshirilgan.

Ma’lum qilinishicha, hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid