Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Damashqda portlashlar ro‘y berdi
Portlashlar Makron to‘xtagan mehmonxona yaqinida sodir etilgan.
7 iyul kuni tongda Suriya poytaxti Damashqda ikki bor portlash ro‘y berdi.
Hodisa Four Seasons mehmonxonasi yaqinida sodir etilgan – ayni vaqtda Suriyaga tashrif bilan kelgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron aynan shu yerda tunagandi. AFP agentligining xavfsizlik xizmatlaridagi manbasi aytishicha, bombalardan biri chiqindi qutisiga, ikkinchisi – mehmonxona yonida qoldirilgan avtomobilga joylashtirilgandi.
Portlash oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lib, 18 kishi yaralangan.
«Al Arabiya» telekanali muxbiriga ko‘ra, Makronning korteji mehmonxonani portlashdan biroz oldinroq tark etib bo‘lgandi. Yelisey saroyidagilar ma’lum qilishicha, prezident kortejidan portlash ovozlari eshitilmagan.
Hozirda Makron prezident saroyida bo‘lib turibdi, u yerda Fransiya va Suriya rahbarlari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

Reuters agentligi qayd etishicha, Makron 2024 yil dekabrida Bashar Asad hokimiyatdan ag‘darilganidan keyingi davrda Suriyaga kelgan ilk Yevropa Ittifoqiga a’zo davlat rahbari bo‘ldi. Bundan tashqari, u Fransiyaning 2009 yildan buyon Suriyaga tashrif buyurgan ilk prezidenti bo‘ldi.
Mavzuga oid
15:29 / 03.04.2026
Tramp Makron va uning rafiqasini masxara qildi. Fransiya yetakchisi javob qaytardi
13:13 / 03.04.2026
Yaqin Sharqdagi urush: Erondagi eng baland ko‘prik vayron qilindi
21:34 / 01.04.2026
Fransiya prezidenti Falastinning birinchi elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi
13:37 / 14.03.2026