Jahon | 18:10
1828
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga shaxsiy to‘pponcha sovg‘a qildi

Kuzatuvchilarning fikricha, bunday g‘ayrioddiy diplomatik sovg‘a Turkiya mudofaa sanoatining rivojlanishi va Turkiyaning yirik o‘qotar qurol eksportchilaridan biri sifatidagi maqomini ta’kidlash uchun mo‘ljallangan.

Foto: Reuters

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqarada bo‘lib o‘tgan NATO sammitidan so‘ng Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayyen, Yevropa kengashi raisi Antoniu Koshta va boshqa Yevropa yetakchilariga o‘yma naqshli to‘pponcha va o‘q-dori sovg‘a qildi, deb xabar berdi Reuters manbalarga tayanib.

Koshtaning xavfsizlik xizmati qurollarni tekshirish uchun olib ketdi. Yevropalik amaldorlarning so‘zlariga ko‘ra, Belgiyada qurol muomalasining qat’iy qoidalari tufayli u va fon der Lyayyen sovg‘ani shaxsan saqlashi dargumon.

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer va Niderlandiya hukumati rahbari Rob Yyetten to‘pponchalarni Turkiyada qoldirishga qaror qildi. Niderlandiya hukumati vakili Yyettenning quroli Anqaradagi elchixonada qolganini tasdiqladi.

Kuzatuvchilarning fikricha, bunday g‘ayrioddiy diplomatik sovg‘a Turkiya mudofaa sanoatining rivojlanishi va Turkiyaning yirik o‘qotar qurol eksportchilaridan biri sifatidagi maqomini ta’kidlash uchun mo‘ljallangan, biroq bir vaqtning o‘zida sammitning ko‘plab ishtirokchilari uchun huquqiy va logistika qiyinchiliklarini keltirib chiqardi.

NATO sammiti 7-8 iyul kunlari Turkiya poytaxtidagi Beshtepa prezident majmuasida bo‘lib o‘tdi. Unda alyansning barcha 32 mamlakati yetakchilari va boshqa davlatlar delegatsiyalari ishtirok etdi, Yevropa Ittifoqidan esa Koshta va fon der Lyayyen qatnashdi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid