Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari izoh berdi
Kuni kecha soat 20:32 da Toshkent shahrida joylashgan 110/10/6 kV kuchlanishli “Vystovochnaya” podstansiyasining 110 kV ochiq taqsimlovchi qurilmasida kuchlanish transformatorining (TN-2-110) “S” fazasidagi nosozlik sababli chaqnash kelib chiqib 2-son transformatori himoya tizimidan favqulodda o‘chgan.
Nosozlik oqibatida transformator uskunasi hududida chaqnash va kuchli tovush bilan kechgan holat kuzatildi. Shu sababli ayrim fuqarolar tomonidan ushbu hodisa portlash sifatida qabul qilingan. Darhaqiqat, uskunada avariyaviy holat sodir bo‘lgan, biroq bu yong‘inning keng tarqalishi yoki boshqa uskunalarga ta’sir ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmadi. Podstansiyadagi avtomatik himoya va avariyaga qarshi tizimlar o‘z vaqtida ishlab, nosoz uskunani tarmoqdan ajratib qo‘ydi.
Eng muhimi, hodisa natijasida podstansiya xodimlari, tezkor xizmatlar va aholi orasida jabrlanganlar yo‘q. Hech kim tan jarohati olmagan.
Mazkur holat tufayli Shayxontohur va Olmazor tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatildi. Voqea sodir bo‘lishi bilanoq “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning tezkor-avariya brigadalari hamda tegishli mutaxassislar hodisa joyiga yetib borib, nosozlik sabablarini o‘rganish va elektr ta’minotini qayta tiklash ishlarini boshladi.
Qisqa vaqt ichida zaxira sxemalari orqali iste’molchilarning elektr ta’minoti to‘liq tiklandi.
Hozirgi vaqtda podstansiya va unga bog‘liq elektr tarmoqlari shtat rejimida ishlamoqda. Hodisa sabablarini aniqlash bo‘yicha texnik tahlil ishlari davom ettirilmoqda. Uning yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Fursatdan foydalanib, aholidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan tasdiqlanmagan xabarlarga emas, balki rasmiy manbalar orqali e’lon qilinayotgan ma’lumotlarga ishonishlarini so‘raymiz. Hodisa yuzasidan barcha zarur choralar ko‘rildi va elektr ta’minoti ishonchli tarzda tiklandi.
O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari AJ
Mavzuga oid
14:58 / 27.10.2023
Samarqandda Markaziy Osiyo elektr energetika Muvofiqlashtiruvchi kengashining 40-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
11:52 / 10.08.2023
2022 yilda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” eng ko‘p zarar ko‘rgan tashkilot bo‘ldi. Kompaniya axborot xizmati izoh berdi
19:15 / 09.08.2023
Eng ko‘p moliyaviy foyda va zarar ko‘rgan davlat ishtirokidagi korxonalar ma’lum qilindi
12:56 / 27.09.2022